Belarus bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

eʼlon qilindi
Hukumatlararo komissiya majlisida ishtirok etish uchun
Foto: AleksTaurus / depositphotos.com

Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko rasmiy tashrif bilan Samarqandga keldi, deb xabar berdi ushbu mamlakat hukumatining Telegram kanali.

5-dekabr, seshanba kuni Samarqandda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Golovchenko ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Belarus hukumati rahbari o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan uchrashadi.

«Kursiv» yozishicha, O‘zbekiston va Belarus o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek