Yangiliklar

Bir kunlik pasayishdan so‘ng dollarning kursi yana ko‘tarildi

Uning qiymati 12 289,40 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

5-dekabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida AQSh valyutasining o‘rtacha tortilgan qiymati 12 289,40 so‘mni tashkil qildi. Uning kursi 17,40 so‘mga ko‘tarildi.

Mamlakatning tijorat banklari dollarni 12 210 – 12 270 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 310 – 12 345 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4-dekabr kuni AQSh valyutasining qiymati 28,09 so‘mga pasayib 12 270 so‘m darajasiga qaytgan edi.