Isroil hukumati fuqarolarga O‘zbekistonga keraksiz sayohatlardan qochishni tavsiya qildi

eʼlon qilindi
Sababi, Falastinning HAMAS harakati bilan urush tufayli hujum qilish xavfi.
Foto: Flik47 / www.depositphotos.com

O‘zbekiston Isroil fuqarolari zarurat bo‘lmasa sayohat qilmasligi kerak bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi. Bu haqda Yaqin Sharq davlati rasmiylari bayonot berdi, deb yozadi TASS agentligi.

Isroil Bosh vaziri devonidagi bunday davlatlar qatoriga O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Turkmaniston, Janubiy Afrika va Eritreya ham kirdi.

Bundan tashqari, isroilliklarga Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Argentina va Braziliyaga tashrif buyurishda «o‘ta ehtiyotkor bo‘lish» tavsiya qilingan.

«Dunyo boʻylab gijgijlash, hujumga urinish va antisemitizm darajasining ortib borayotgani bilan bir qatorda, MQM isroilliklarga hozirgi vaqtda barcha zarur boʻlmagan sayohatlarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha oʻz tavsiyasini takrorlaydi», dedi idora.

Isroil G‘azo sektorida Falastinning HAMAS guruhiga qarshi harbiy amaliyotlarini davom ettirmoqda.

«Kursiv» avvalroq Xamas bilan urush Isroilga qanchaga tushganini yozgan edi.

Shuningdek