Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi qaysi o‘rinni egalladi
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bokschilar o‘rtasida Jahon chempionatida 11 ta medal, jumladan to‘rtta oltin, uchta kumush va to‘rtta bronzani qo‘lga kiritib, medallar jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Bizning so‘vrindorlarimiz – (-57 kg) Sevara Mamatova, (+80 kg) Sobiraxon Shahobiddinova, (-60 kg) Firuzjon Sadullayev, (+80 kg) Islom Salihov. Kumush medal soxiblari – (-46 kg) Maftuna Musurmonova, (-75 kg) Maftuna Yangiyeva, (-63 kg) Hikmatillo O‘lmasov. Bronza medal olganlar – (-46 kg) Abdurahmon Mahmudjonov, (-66 kg) Akbar Ahmadov, (-50 kg) Husan Qahhorov, (-70 kg) Norbek Abdullayev.
Rossiyalik sportchilar reytingda peshqadam bo‘lishdi, Armaniston esa ikkinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘istonlik o‘smirlar yaxshi natija ko‘rsatdi, ammo to‘rtinchi o‘rinda qoldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘smir bokschilar o‘rtasida Jahon chempionati 24-noyabr – 4-dekabr kunlari Armaniston poytaxti Yerevan shahrida o‘tkazildi.
Avvalroq, «Kursiv» Sobiraxon Shaxobiddinova o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi, deb xabar bergan edi.