“Munis” hisob-kitob tizimida uzilishlar bo‘lganmi

eʼlon qilindi
Markaziy bank vaziyatga oydinlik kiritdi
Foto: Unsplash

Ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimida (MUNIS) uzilishlar yuzaga kelganiga doir tarqatilgan xabarlar tarqaldi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, mazkur to‘lov tizimi odatdagi ish rejimida uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, barcha to‘lovlar to‘xtovsiz amalga oshirilayotganligini ta’kidlagan.

Xabarga ko‘ra, mazkur to‘lov tizimi faoliyati uchun yetkazib beruvchilarning billing tizimlari ham uzluksiz faoliyat olib borishini taqozo etadi. Shu sabab, u yoki bu yetkazib beruvchining billing tizimida vaqtincha uzilish bo‘lsa, faqat ushbu yetkazib beruvchiga to‘lovlarni o‘tkazish imkonini berilmaydi.

Avvalroq, «Kursiv» Markaziy bank banklardan shubhali operatsiyalar uchun kartalarni blokirovka qilishni talab qilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek