Nega O‘zbekistonda issiqxona biznesi zarar ko‘rmoqda?
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda yetishtirilgan issiqxona pomidorlari eksporti qisqarib bormoqda. Bu sohadagi qator muammolar bilan bog‘liq, deydi EastFruit portali tahlilchilari.
2022-yil oxirida o‘zbek pomidorini xorijga yetkazib berish 22 foizga kamaydi. Bu yil eksport so’nggi besh yildagi eng past darajaga tushishi kutilmoqda.
Portal tahlilchilari eksport hajmining kamayishi sabablari sifatida issiqxonalarda gazdan foydalanish cheklovlari, biznes qarzining yuqoriligi va bozorda raqobat kuchayganini, birinchi navbatda, Turkmanistondan kelganini ko‘rsatdi.
Mutaxassislar gaz ta’minoti muammosi hal etilsa, kelasi mavsumda O‘zbekistonda issiqxona biznesidagi vaziyat yaxshilanishini istisno etmaydi. Biroq, bu vaqtga kelib ekish uchun maydon kamayishi mumkin.
«Kursiv» O‘zbekistonda pomidor narxi oshishi haqida yozgan.