Oʻzbekistonda “yashil” loyiha uchun 9 mln yevro grand mablag‘i ajratiladi
Mamlakatimizda «yashil» sanoatlashtirishni rivojlantirish uchun Germaniyaning 9 mln yevro grand mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 3-dekabr kuni Dubay shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi 28-sessiyasi (COP28) bo‘lib o‘tdi. Unda Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasi Gemaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Markaziy Osiyo mintaqaviy dasturlar klasteri koordinatori Torsten Brezina bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan maqsad «yashil» iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha hamkorlik yoʻnalishlari kelishib olindi.
Taklif etilayotgan loyihaga ko‘ra, ish joyida o‘qitish, xalqaro aloqalar va bilimlarni uzatish orqali barqaror «yashil» iqtisodiyot va sanoat siyosatini ishlab chiqadi hamda amalga oshiriladi.
Xabarga ko‘ra, loyiha issiqxona gazlarini oʻlchash va sertifikatlash boʻyicha ekspert bilimlarini taqdim etadi. Oʻzbekistonning СО2 sertifikatlari bilan xalqaro savdoda ishtirok etishini va Yevropa ittifoqining Transchegaraviy tartibga solish mexanizmiga moslashishini qoʻllab-quvvatlaydi.
Loyiha doirasida iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlariga juda moyil boʻlgan hududlar hamda tarmoqlarni tanlash ham kutilmoqda.
Uchrashuv yakunida GIZ hamda vazirlik oʻrtasida qiymati 9 mln yevrolik (grand mablagʻi) «Oʻzbekistonda “yashil» sanoatlashtirish boʻyicha xususiy sektorni va iqtisodiy siyosatlar boʻyicha maslahatlar” loyihasini amalga oshirishga doir kelishuv imzolangan.
Avvalroq, «Kursiv» YTTB O‘zbekistonga yashil iqtisodiyot va savdoni rivojlantirishga yordam berishi haqida yozgan edi.