Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyevning aytishicha, O‘zbekiston va Belarus oldida tovar ayirboshlashni ikki barobar oshirish vazifasi turibdi.
Joriy yilning o‘n oyi yakunlariga ko‘ra, Belarus O‘zbekistonning savdo hamkorlari orasida 16-o‘rinni egalladi. Yanvar-oktabr oylarida savdo hajmi 508 million dollarga yetdi, bu 2022-yilga nisbatan 20,9 foizga ko‘p.
Belarus Respublikasi ham O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qiluvchi mamlakatlar o‘nligiga kirdi va sakkizinchi o‘rinni egalladi. O‘n oyda mamlakatimiz Belarusga 13,9 million dollarlik 17,7 ming tonna sabzavot va meva yetkazib berdi.
Avvalroq, «Kursiv» Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasiga Belarus qo‘shilishi mumkinligini yozgan edi.