Yangiliklar

O‘zbekistonga yomg‘ir va qorli kunlar kirib keladi

Mamlakat shimolida havo harorati -20° gacha tushadi
Foto: Piqsels

Kelgusi hafta, 11-dekabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet direktori Sherzod Habibullayev.

9-10 dekabr kunlari respublikaning markaziy va sharqiy tumanlarida yogʻingarchilik bo‘ladi.

Habibullaev so‘zlariga koʻra, shimoliy havo massalari Oʻzbekistonga 9-14 dekabr kunlari kirib keladi. Shu sababli havo harorati kechasi -10…-13°, kunduzi -5…-8° gacha pasayadi.

Respublikaning shimoliy hududlarida havo harorati kechasi -17…-20° gacha, kunduzi -9…-12° gacha tushishi kutilmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda dekabr oyi o‘rtalarida keskin sovuq bo‘lishi kutilayotgani haqida yozgan edi.