Qozog‘iston neft mahsulotlarini avtomobil yo‘llari orqali eksport qilishni taqiqlashni yana olti oyga uzaytirdi. Taqiq benzin, dizel va yoqilg’ining ayrim turlariga nisbatan qo’llaniladi, ammo moylash moyiga taalluqli emas.
Hujjat kelasi yilning 14-fevralidan kuchga kiradi.
2022-yil 12-iyuldan boshlab Qozog‘iston Respublikasidan avtomobilda benzin olib chiqilmaydi. O’shandan beri taqiq bir necha bor uzaytirildi. Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ichki bozorda neft mahsulotlari tanqisligi muammosini hal qiladi.
Vazirlik mamlakatdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yonilg‘i taqchilligi qo‘shni davlatlarda benzin va dizel yoqilg‘isi narxi yuqoriligi, chegara hududlaridagi tranzit haydovchilarining mahsulotlarni katta hajmda xarid qilishi bilan bog‘liq, deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Rossiya hukumati mamlakatda narxlarni barqarorlashtirish maqsadida benzin va dizel yoqilg‘isi eksportini cheklagan edi. Biroq, noyabr oyidayoq rasmiylar AI-92 va AI-95 benzinlarini xorijga yetkazib berishga qo‘yilgan taqiqni qisman olib tashlash masalasini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘ldi.
Noyabr oyi oxirida Rossiya O‘zbekistonga benzin yetkazib bera boshlagani xabar qilingandi.