UzAirways Yangi yil bayramlari uchun chiptalar narxini ikki baravar pasaytiradi
eʼlon qilindi
Aksiyadan faqat talabalar foydalansa bo‘ladi

Uzbekistan Airways joriy yilning 23 dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar talabalar uchun chiptalarga 50 foizlik chegirma joriy qildi, deb xabar qildi aviakompaniya matbuot xizmati.
Chegirmalardan o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari foydalanishlari mumkin. Ular faqat O‘zbekiston bo‘ylab parvozlar uchun qo‘laniladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Konstitutsiya kuni nishonlanishi munosabati bilan 8-10 dekabr kunlari Toshkent va Samarqand o‘rtasida qo‘shimcha tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Avvalroq, «Kursiv» UzAirways Toshkentdan Nyu-Yorkka va teskari reyslarga 20 foizlik chegirma joriy etishi haqida yozgan edi. Chegirmalar 2024-yil 21-yanvardan 29-fevralgacha amal qiladi.