«Baxti Tashkentskiy» nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev 15 sutkaga hibsga olindi, deb xabar berdi «Daryo». Uni qamoqqa olish haqidagi qarorni Yakkasaroy tuman sudi chiqargan.
Qudratullayev mayda bezorilik va huquq-tartibot idoralari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslikda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 3 dekabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Baxtiyor Qudratullaev qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi. U juda katta miqdordagi tovlamachilikda, shuningdek, giyohvand moddalarni tayyorlash va saqlashda gumon qilingan.
Toshkentda «Saidaziz medgorodok» sifatida tanilgan Saidaziz Saydaliyev ham tovlamachilikda ayblanib hibsga olingan.
Avvalroq «Kursiv» Salim Abduvaliev («Salimboy») poytaxtda hibsga olingani haqida yozgan edi.