Yangiliklar

Vedomosti: O‘zbekistonlik brokerlar Rossiya texnologiyalari va kadrlariga qarashmoqda

Lekin hali hech narsa sotib olishmagan
Foto: monsit / depositphotos.com

«Hamdo‘stlik» mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekiston brokerlari Rossiya Federatsiyasidagi hamkorlar bilan rossiyalik mijozlarga xizmat koʻrsatish, jumladan texnologiya va kadrlarni xarid qilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda, deb yozadi «Vedomosti».

Rossiya platformalarida xorijiy qimmatli qog’ozlarga sarmoya kiritish imkoniyatini yo‘qotib, Rossiya Federatsiyasining ayrim investorlari «hamdo‘stlik» mamlakatlar – O’zbekiston, Qirg‘iziston, Gruziya va Armaniston brokerlariga borishdi. Bu mamlakatlarda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga talab oshdi, deb xabar bermoqda «Vedomosti» manbalari.

Jumladan, O‘zbekiston brokerlari so‘nggi ikki oy davomida mijozlar murojaatlari uchun Rossiya texnologiyalariga qiziqish bildirmoqda. Misol uchun, ular «white label» orqali ishlash variantini ko‘rib chiqmoqdalar – asosiy brokerning savdo maydonchasini ijaraga olish va o‘z kompaniyasi brendi ostida xizmatlar ko‘rsatish. Biroq, masala hali sotib olishga kelgani yo‘q, deya aniqlik kiritadi nashr suhbatdoshi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik brokerlar, boshqa manbaga ko‘ra, rossiyalik investitsiya bankirlarini ishga olishga rozilik bildirmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» yangi investorlarga firibgarlarga pul berishdan qanday qochishi mumkinligini aytgan edi.