Maskning SI-startapi 1 milliard dollar yig‘ishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
SEC’ga ariza topshirildi

Foto: NurPhoto/Getty Images

Ilon Mask tomonidan asos solingan sun’iy intellekt (SI) startapi x.Al qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) aksiyalarni taklif qilish orqali 1 mlrd dollar yig‘ish uchun ariza berdi, deb xabar beradi CNBC.

Bungacha kompaniya 135 mln dollarga yaqin investitsiyalarni jalb qila olgan edi. Shu bilan birga, x.AI Maskning X korporatsiyasi tarkibiga kirmaydi, biroq loyiha Tesla elektromobillarini ishlab chiqaruvchi X ijtimoiy tarmog‘i bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Kompaniya tarkibiga Microsoft, DeepMind, Google Research kompaniyalari vakillari, shuningdek, GPT chatbotlarini ishlab chiquvchi xodimlar kirdi.

Avvalroq, «Kursiv» noyabr oyida x.AI Grok nomli birinchi chatbot modelini chiqarganini yozgan edi.

Shuningdek