Noqonuniy mayning-fermalarning keltirgan zarar miqdori 58 milliard so‘mdan oshdi

eʼlon qilindi
2023-yil boshidan buyon
Foto: Piqsels

O‘zbekistonda 26 ta noqonuniy mayning-fermalar aniqlangan. Ularning noqonuniy faoliyatidan ko‘rilgan zarar 58,2 milliard so‘mni tashkil etdi, deya xabar berdi Respublika Bosh prokuraturasi.

Mamlakatda kriptofermalarda jami 26 million kVt elektr energiyasi o‘g‘irlangan. Bu hajm 145 ming uyni bir oy davomida elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun yetarli.

Oʻgʻirlik holatlari boʻyicha respublikada O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan 29 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Bosh prokuraturaning eslatishicha, noqonuniy kriptofermalar tashkil etish va elektr energiyasini noqonuniy iste’mol qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.

Qoidabuzarlar 8 yildan 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida noqonuniy mayning-ferma 2,8 milliard so‘m zarar yetkazgani haqida yozgan edi.

Shuningdek