OTB O‘zbekiston Respublikasidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar ajratadi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Dastur ma'muriy jarayonlarni osonlashtiradi va sanoatni raqamlashtirishga yordam beradi
Foto: Kursiv / Roman Fedotov

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonga kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar miqdorida kredit ajratadi. Bu haqda xalqaro moliya tashkiloti matbuot xizmati xabar berdi.

Mablag‘ OTBning kichik va o‘rta biznesni (KO‘B) rivojlantirish dasturining ikkinchi bosqichi doirasida ajratiladi, bu O‘zbekiston iqtisodiyotini xususiy sektor hisobiga yuksaltirishga, shuningdek, korxonalarning iqtisodiy inqirozlarga chidamliligini oshirish uchun.

Bank O‘zbekiston Respublikasiga tadbirkorlarni moliyalashtirishda duch keladigan asosiy muammolarni hal qilishda yordam beradi.

«Bu qiyinchiliklar yuqori foiz stavkalari va yuqori garov talablari bilan banklar hukmronlik qiladigan moliya sektorida ularning rivojlanishining turli bosqichlari uchun zarur bo‘lgan turli xil moliyalashtirish shakllaridan foydalanishning cheklanganligidan kelib chiqadi», — dedi OTB.

Dastur ma’muriy jarayonlarni osonlashtiradi, bu esa biznes yuritish xarajatlarini kamaytiradi. Bundan tashqari, bu eksport mahsulotlarini diversifikatsiya qilish orqali kompaniyalarning savdo raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, raqamlashtirish orqali korxonalarning mehnat unumdorligini ko‘tarish imkonini beradi.

Shuningdek, ushbu mablag‘lar tadbirkorlar, xususan, xotin-qizlar va yoshlarning malakasini oshirish, bandlik holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Noyabr oyida OTB O‘zbekiston banklarini xususiylashtirish uchun 50 mln dollar ajratishi xabar qilingan edi.

Shuningdek