O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Belgiyada elchi bo‘ldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Dilyor Hakimovni o‘rniga keldi
                    
                            
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov mamlakatimizning Belgiyadagi elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» agentligi.
Fozilov 2015-2017-yillarda, shuningdek, 2021-2023-yillarda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Bu vaqtlar oraligʻida Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchisi boʻlgan.
Fozilov 2017-yildan 2023-yilgacha ushbu lavozimda ishlagan Dilyor Hakimov o‘rniga Belgiya elchisi lavozimini egalladi.
Avvalroq, «Kursiv» Ummon va Chexiyaning O‘zbekistondagi elchilari ish boshlagani haqida yozgan edi.
