O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov mamlakatimizning Belgiyadagi elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» agentligi.
Fozilov 2015-2017-yillarda, shuningdek, 2021-2023-yillarda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Bu vaqtlar oraligʻida Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchisi boʻlgan.
Fozilov 2017-yildan 2023-yilgacha ushbu lavozimda ishlagan Dilyor Hakimov o‘rniga Belgiya elchisi lavozimini egalladi.
Avvalroq, «Kursiv» Ummon va Chexiyaning O‘zbekistondagi elchilari ish boshlagani haqida yozgan edi.