Qirg‘iziston avtobuslari yonilg‘i quyish uchun O‘zbekistonga kelishga majbur bo‘lishmoqda

eʼlon qilindi
Ushbu muammoga Jalolobodlik haydovchilar duch kelishdi
Foto: Kosta / Pixabay

Qirg‘izistonning Jaloloboddagi avtobus haydovchilari O‘zbekistonda metan yonilg‘isini olishmoqda. Sababi — shaharda yoqilg’i quyish shoxobchalari yo’q, deb xabar berdi 24Kg.

Ular O‘zbekiston bilan chegaragacha 100 km yo‘l bosib, nazorat-o‘tkazish punktida ruxsatnomani kutishlari va xuddi shunday masofaga ortga qaytarishlari kerak. Shu bilan birga, yoqilg’i atigi bir kunga etadi.

Shu sababdan Jaloloboddagi avtobus haydovchilari bir kun shahar bo‘ylab yo‘lovchilarni tashishsa, ertasi kuni O‘zbekistonga yonilg‘i quyish uchun yo‘l olishlari lozim.

Jalolobodga Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning ko‘rsatmasi bilan avtobuslar Shahar kuni munosabati bilan olib kelingan. Biroq mahalliy organlar yoqilg‘i quyish shoxobchasini ochishga ulgurishmagan.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonning Andijon viloyatida yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyati cheklangani haqida yozgan edi. Eslatib o‘tamiz, ushbu hudud Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod viloyatlari bilan chegaradosh.

Shuningdek