Yangiliklar

Xorazmda huquq-tartibot idoralari xodimlari 15 kishini hibsga oldi

Ulardan 12 nafari qidiruvda bo‘lgan
Foto: MatteoSunbreeze / Pixabay

Xorazm viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari 15 kishini hibsga oldi. Ulardan 12 nafari qidiruvga bo‘lgan, deb xabar qildi viloyat IIB matbuot xizmati.

Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, viloyat hududida turli jinoyatlarga aloqador boʻlgan fuqarolar ham aniqlandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari ularning uylarini ko‘zdan kechirish chog‘ida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, shuningdek, pnevmatik va tig‘li qurollar musodara qilindi.

Avvalroq, «Kursiv» «Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev 15 sutkaga hibsga olingani haqida yozgan edi.