Dollar yana qimmatlashdi. Uning kursi deyarli 7 so‘mga oshdi

eʼlon qilindi
Valyuta birjasi ma‘lumotlariga ko‘ra
Foto: Piqsels

7-dekabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 6,81 so‘mga ko‘tarildi va 12 311,98 so‘mni tashkil qildi.

Mamlakatning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 245 – 12 300 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 325 – 12 375 so‘mdan sotishmoqda.

Dollarni eng baland narxda Biznesni Rivojlantirish Banki va NBU da sotish mumkin. Eng arzon narxda Amerika valyutasini Kapitalbankda xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 6-dekabr kuni dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 15,77 so‘mga ko‘tarilgan edi.

Shuningdek