Fransiyaning Voltalia kompaniyasi Xorazmda quyosh elektr stansiyasini quradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Loyiha Fransiyaning Voltalia kompaniyasi bilan davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida amalga oshirilmoqda. Qurilishga kiritilgan sarmoya 68 million dollarga baholanmoqda.
Elektr stansiyasini qurish uchun Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanidan 182,99 gektar yer maydoni ajratiladi.
Voltalia 2005-yilda tashkil etilgan. Kompaniya Yevropa, Lotin Amerikasi va Afrikada «yashil» elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashgan. 2022-yil oxirida Voltalia loyihalarining 51 foizi shamol elektr stansiyalari, quyosh elektr stantsiyalari – 44 foizi. Qolgan 5% bioyoqilg‘i va boshqa resurslardan keladi.
Avvalroq, «Kursiv» Buxoro viloyatida quyosh elektr stansiyasi qurilishiga 273 million dollar sarmoya kiritilishini yozgan edi.