Nima uchun Yandex Go Toshkentda “Standart” tarifidan voz kechdi

eʼlon qilindi
“Kursiv” kompaniya matbuot xizmatidan izoh oldi
Foto: «Yandex»

Yandex Go Toshkentda tarif rejalari o‘zgarganiga izoh berdi. Endi ularning tizimi butun O‘zbekiston bo‘ylab bir xil, deb xabar berdi taksi agregatori matbuot xizmati «Kursiv»ga.

Avvalroq, internetda Toshkent aholisi endi Yandex Go ilovasida «Standart» tarifida taksiga buyurtma bera olmasligi haqida ma’lumot paydo boʻlgan edi. Iqtisodchi olim Otabek Bakirov o‘zining Telegram kanalida yangilik tufayli «Matizdan tortib eski Cobaltgacha» turli xildagi avtomobil haydovchilari boshlang‘ich tarifga o‘tishini yozdi.

«Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich tariflar narxi tugallangan standart tariflar darajasiga ko‘tarilgan – bu narxlarni oshirishning «yashirin yo’li» bo’lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Oʻzbekiston monopoliyaga qarshi organi Yandex Go tariflari mezonlari va algoritmlarini tahlil qilmagan», — deb yozadi Bakirov.

Yandex Go‘ning «Kursiv»ga ma’lum qilishicha, 5-dekabrdan boshlab «Standart» tarifi poytaxt foydalanuvchilar uchun ishlamay qolgan. Bu haqda haydovchilar oldindan ogohlantirilgan. Bu tarif avval O‘zbekistonning boshqa hududlarida ko‘zda tutilmagan.

Kompaniya ma’lumotlariga koʻra, «Start» tarifi haydovchilar daromadi va yoʻlovchilarning yoʻl haqini odatdagi darajada ushlab turish maqsadida qayta koʻrib chiqilgan.

Yandex Go ta’kidlashicha, «Start» eng maqbul tarif bo‘lib, har doim byudjet toifasidagi yo‘lovchilar va haydovchilar uchun asosiy tarif bo‘lib kelgan.

Avvalroq, «Kursiv» Yandex Go taksi xizmati O‘zbekistonda yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek