O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida geroin ortilgan yuk mashinasi qo‘lga olindi
eʼlon qilindi
Avtomobil Rossiya Federatsiyasida ro‘yxatdan o‘tgan
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi «Fotehobod» nazorat-o‘tkazish punktida og‘irligi 71 kilogrammdan ortiq bo‘lgan geroin yuki qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti» Tojikiston Respublikasi bojxona qo‘mitasiga tayanib.
Giyohvand moddalar Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan yuk mashinasidan topilgan. Boshqarma vakiliga ko‘ra, yuk mashinasini So‘g‘d viloyatida yashovchi Tojikiston fuqarosi boshqargan.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkent aeroportida 8,5 tonna og‘irlikdagi giyohvand moddalarning rekord partiyasi musodara qilingani haqida yozgan edi.