O‘zbekistonda birinchi bolalar turistik bazasi ochildi
eʼlon qilindi
U 150 o‘ringa mo‘ljallangan
Namangan viloyatida O‘zbekistondagi birinchi bolalar turistik bazasi ochildi. U 150 oʻringa moʻljallangan, deb xabar berdi «Yuz.uz» portali.
Bazaning ochilish marosimida maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev va Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.
Baza qurilishiga 7,8 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Samarqand, Qarshi, Buxoro va Xiva shaharlarida ham bolalar oromgohlari qurishni rejalashtirgan.
Avvalroq Kursiv O‘zbekistonda Konstitutsiya kunida oila bilan qayerda dam olsa bo‘lishi haqida yozgan edi.