Pokiston O‘zbekistonga mandarin yetkazib berishni ikki barobarga oshirdi
2022-yilda Pokiston O‘zbekistonga 51,1 ming tonna mandarin yetkazib berdi, bu o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar ko‘pdir, deya xabar beradi EastFruit.
Bu mamlakat O‘zbekistonga mandarin yetkazib beruvchi eng yirik davlat hisoblanadi. Shu bilan birga, Xitoyning ulushi uch yil ichida 37% dan 9% gacha kamaydi.
2019-yildan 2022-yilgacha Pokistonning O‘zbekistonga mandarin importining umumiy hajmidagi ulushi 56%dan 80%ga oshdi.
Bugungi kunda Pokiston sitrus mevalarining o‘rtacha narxi 12,5 ming so‘mni tashkil etadi, bu O‘zbekiston Respublikasiga boshqa davlatlardan yetkazib berilayotgan mandarinlardan 1,5 barobar arzon.
EastFruit prognoziga ko‘ra, joriy yilda mamlakatimiz 65 ming tonnadan 75 ming tonnagacha mandarin sotib oladi. O‘tgan yili respublika 63,6 ming tonna mahsulot sotib oldi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston meva-sabzavotlarni ko‘proq yetishtira boshlagani haqida yozgan edi.