Yangiliklar

Qoraqalpog‘istonda gaz quyish shoxobchalarida ishlash cheklandi

Endi ular to'qqiz soat ishlaydi
Foto: Energetika vazirligi

Qoraqalpog‘istonda gaz quyish shoxobchalarining ish vaqtiga cheklovlar joriy etildi. Endilikda haydovchilar mashinalariga faqat soat 6:00 dan 15:00 gacha yoqilg‘i quyishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda KRuz.uz mahalliy nashri «Xududgaz Qoraqalpog‘iston»ga tayanib xabar berdi.

9-14-dekabr kunlari kutilayotgan keskin sovuq munosabati bilan stansiyalarning ish soatlari qisqartirildi. Bu iste’molchilarning yoqilg‘iga bo‘lgan talabini oshirishi va magistral tarmoqlarda gaz bosimini kamaytirishi mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» Andijon viloyati hokimligi 4-dekabrdan boshlab gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti soat 6:00 dan 15:00 gacha cheklanishini ma’lum qilgan edi.