Choyxonada qimor oʻynash qamoq jazosiga olib keldi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Toshkentning Chilonzor tumanida yashovchi shaxs tashkilotchilik qilgani uchun salkam 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Foto: artoleshko / www.depositphotos.com

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro qimor oʻyinlarini tashkil qilgani uchun 4 yil 11 oyga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar beradi OʻzA. Hukm shu yilning oktyabr oyida chiqarilgan.

May oyi boshida tezkor xodimlar Sergeli tumanida ko‘rsatilgan fuqaro yashirin qimor o‘ynagan choyxonani aniqlagan edi. Ko‘zdan kechirish chog‘ida ashyoviy dalil – zar, kartalar, plastik stakanlar, 1,8 ming AQSh dollari va 755 ming so‘m olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va xavf-xatarga asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unda etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, takroran sodir etilgan taqdirda esa 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari «Shok 40 kun» aksiyasi doirasida bezorilikda gumon qilingan bir guruh fuqarolarni qo‘lga olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek