Izboskan tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

eʼlon qilindi
Uning lavozimini o‘rinbosar egalladi
Hojiakbar Umarov. Foto: Andijon viloyati hokimligi

Serobiddin Ismoilov Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi lavozimidan ozod etildi, deb xabar qildi viloyat hokimligi.

Ismoilov tumanni 2018 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qaror xalq deputatlari Kengashi sessiyasida qabul qilindi.

Vaqtinchalik hokim sifatida tumanga Ismoilovning o‘rinbosari Hojiakbar Umarov rahbar etib tayinlandi.

Avvalroq, «Kursiv» Sherzod Bo‘riev Shahrisabzga yangi hokim bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek