Yangiliklar

O‘zbekiston Qozog‘istondan go‘sht xaridini deyarli 6%ga qisqartirdi

Mamlakatimiz qozoq go‘shtining asosiy xaridori hisoblanadi
Foto: Depositphotos

Joriy yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Qozog‘istondan 17,5 ming tonna go‘sht import qildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 5,7% kam, deb xabar berdi Energyprom.kz.

Pul bilan ifodalanganda O‘zbekistonga import 2,6% qisqarib, 72,7 mln dollarni tashkil etdi.Ko‘rsatkichlar pasayganiga qaramay, O‘zbekiston qozoq go‘shtining asosiy xaridoriga aylandi.

Mamlakatimizdan keyin Rossiya va Qirg‘iziston – mos ravishda 15,7 ming va 5,9 ming tonna.

Energyprom ma‘lumotlariga koʻra, toʻqqiz oy davomida Qozogʻiston xorijga 118,6 mln dollarlik 41,1 ming tonna goʻsht eksport qilgan.

Avvalroq, «Kursiv» Rossiyaning Greenwise kompaniyasi O‘zbekiston va Qozog‘istonga vegan go‘sht yetkazib bera boshlagani haqida xabar bergan edi.