O‘zbekiston va Iroq ishbilarmonlar kengashi tuzishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda OʻzR delegatsiyasining Bag‘dodga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati

O‘zbekiston va Iroq biznes kengashi tuzishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi (TIV) matbuot xizmati.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Iroq vakillari bilan ushbu masalani muhokama qildi.

Trading Economics ma’lumotlariga koʻra, 2022-yilda Iroq Oʻzbekistonga 2,79 mln dollarlik mahsulot yetkazib bergan boʻlsa, OʻzR bu mamlakatga 9,2 mln dollarlik mahsulot eksport qilgan.

O‘zbekistonning Iroqqa yetkazib bergan asosiy mahsuloti meva va yong‘oqlar bo‘lgan – 3,8 mln dollar, keyin Yaqin Sharq davlati mamlakatimizga yoqilg‘i va mineral moylarni import qilgan – 2,79 mln dollar.

Avvalroq, «Kursiv» joriy yilning may oyida Iroq va Saudiya Arabistoni neft narxini oshirgani haqida e’lon bergan edi.

Shuningdek