Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi suv sarfini minimallashtirish maqsadida O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishida «quruq» sovutish minorasi texnologiyasidan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, dedi tashkilotning barqaror rivojlanish departamenti direktori Polina Lion.
«O‘zbekistonda biz hozirda potentsial mijozlarimiz bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. (…) Biz ular bilan «quruq» sovutish minoralari bilan yechimni muhokama qilmoqdamiz. Bu juda murakkab texnologik yechim, lekin biz biroz oldinda o‘ylaymiz», – dedi Lion BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP28) chog‘ida. «Rosatom» vakilining so’zlaridan iqtibos keltirgan «Interfaks» axborot agentligi.
Lionning qo‘shimcha qilishicha, atom energiyasi uchun minimal suv sarfi masalasi bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.
«Quruq» sovutish minoralaridan foydalanish reaktorni sovutish uchun suvning bug‘lanishini bartaraf etishga yordam beradi.
O‘zbekistonda VVER-1200 reaktor bloklariga ega ikkita energoblok qurish rejalashtirilmoqda. Avvalroq, «Kursiv» noyabr oyi oxirida Rosatom rahbari Aleksey Lixachev Rossiya va Oʻzbekiston ob’yekt qurilishi boʻyicha shartnoma tayyorlashni deyarli yakunlaganini ma’lum qilgandi.