Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan 19 nafar fermerga Misrga sayohat sovg‘a qilindi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
O‘zbekistonda 10-dekabr – Qishloq xo‘jaligi xodimi kuni munosabati bilan viloyat hokimligi tomonidan fermerlarga ham esdalik sovg‘alari, ko‘krak nishonlari va tashakkurnomalar topshirildi.
Hokimlik ma’lumotlariga koʻra, joriy yilda Sirdaryoda 11,2 trln soʻmlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirildi, bu oʻtgan yilga nisbatan 1,9 trln soʻmga koʻpdir. Bu davrda 563 ming tonna don, 300 ming tonna paxta xom-ashyosi yetishtirildi.
Viloyat qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 374 mlrd so‘mga yetdi, buning natijasida 2 ming tonnadan ortiq ish o‘rinlari yaratish imkoniyati beriladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda fermerlarga kelasi yildan boshlab o‘z klasterlarini tanlashga ruxsat berilishi mumkinligi haqida e’lon qilgan edi.