2023-yilda jahon savdo hajmi 5% qisqaradi

2023-yil oxirigacha jahon savdosi hajmi 5% – 30,7 trln dollargacha qisqaradi, deya xabar bermoqda TASS agentligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (YUNCTAD) hisobotiga tayanib.
Ko’rsatkichning pasayishi tovar ayirboshlashning 8% qisqarishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, xizmatlar savdosi 7% o‘sishi kutilmoqda. Bu tendentsiya asosan rivojlangan mamlakatlarda kuzatilmoqda, lekin u boshqa mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatga ham ta’sir qiladi.
2024-yilga nazar tashlab, tahlilchilar geosiyosiy keskinlik va iqtisodiy beqarorlik tufayli noaniq va pessimistik savdo tendentsiyalarini prognoz qilmoqdalar.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda bozor xizmatlari umumiy hajmidagi savdo ulushi 23,8% yetganini yozgan edi. Pul ko‘rinishida bu 78 trln so‘mdan (6 mlrd dollar) ortiqdir.