AQSh Rossiyadan uran importini taqiqlashni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
2040-yil oxirigacha
Foto: Romania TV

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Kongressi uch oy ichida Rossiya uranini olib kirishga taqiq joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi, deb xabar berdi «TASS» agentligi.

Kongressmenlar tomonidan qabul qilingan hujjat kuchga kirganidan keyin 90 kundan keyin Rossiyadan kam boyitilgan uran importi cheklanishi rejalashtirilgan.

Biroq, qonun AQSh Energetika vazirligining Rossiya uranini qoidalar bilan ruxsat etilgan miqdorda import qilish uchun ruxsatnoma berish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Cheklovlar 2040-yil oxirigacha davom etishi kutilmoqda.

«Kursiv»ning yozishicha, uranning jahon narxlari uch baravar oshishi mumkin.

Shuningdek