O’zbekistonda xotin-qizlar ishlari bo’yicha inspektorlarning vakolatlari kengaytiriladi. Bu haqdagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Shunday qilib, inspektorlarga himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish huquqi beriladi.
Bundan tashqari, psixolog inspektorlar maktablarda va undan tashqarida o‘quvchilarning bilim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarliklarning oldini olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, ular ta’lim muassasalarida jamoat xavfsizligini ta’minlash, ma’muriy bayonnomalar tuzishga ruxsat beriladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirilgani haqida yozgan edi.