Dollarning kursi 12 350 so‘m darajasiga yetishiga oz qoldi
eʼlon qilindi
Uning qiymati 21,99 so‘mga ko‘tarildi
12-dekabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki dollar kursini 12 349,00 so‘m darajasida belgiladi. Davlat valyuta birjasida uning o‘rtacha tortilgan qiymati 21,99 so‘mga ko‘tarildi.
Respublikaning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 265 – 12 330 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 360 – 12 410 so‘mdan sotishmoqdalar. Mamlakat banklari dollarni ilk bor 12 400 so‘mdan dan yuqori narxda sotmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» 11-dekabr kuni dollarning qiymati 15,03 so‘mga ko‘tarilgani haqida yozgan edi.
Mavzu bo'yicha materiallar