POSCO International Textile kompaniyasi Farg‘ona viloyatida o‘quv markazini ochdi

eʼlon qilindi
Koreya Respublikasining Toshkent shahridagi Ta’lim markazi ko‘magida
Foto: Yonhap

POSCO International Textile kompaniyasi Farg‘ona viloyatida koreys tilini o‘rganish markazini ishga tushirdi, deb xabar berdi Yonhap.

Ta’lim muassasasi Koreya Respublikasining Toshkent shahridagi ta’lim markazi bilan hamkorlikda ishga tushirildi.

«Umid qilamanki, u ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojiga hissa qo‘shadigan ajoyib iqtidorlar tayyorlash muassasasiga aylanadi» – dedi Janubiy Koreyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Kim Xi San.

Yonhap xabariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatidagi markaz yoshlarga koreys tili bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni o‘rgatadi. Shuningdek, u Janubiy Koreya madaniyatini targ‘ib qiladi va Koreyada o‘qish va ishlash haqida ma’lumot beradi.

POSCO International Textile 1996-yilning bahorida Daewoo International Corporation (hozirgi Posco International) tomonidan asos solingan. Korxona toʻqimachilik mahsulotlari: paxta xom-ashyosi va ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Avvalroq, «Kursiv» Janubiy Koreya kelasi yili rekord miqdordagi mehnat muhojirlarini qabul qilishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek