Qatarda O‘zbekiston elchixonasi ochildi
eʼlon qilindi
Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi
Dohada O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi ochildi, deb xabar qildi mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligi (TIV).
Vazirlikning eslatishicha, Toshkentdagi Qatar elchixonasi may oyida ish boshlagan. Respublika Tashqi ishlar vazirligi diplomatik vakolatxonalar mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga yordam berishiga umid bildirdi.
«Kursiv» yozishicha, oktabr oyida Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilgan. Mamlakatimiz iyun oyida ham shunday tashabbus bilan chiqqan edi.