Yangiliklar

Rossiya olmoslarini import qilishni taqiqlash AQShda qimmatbaho toshlar narxining oshishiga olib keldi

10% ko‘tarildi
Foto: Unsplash

Amerika Qo‘shma Shtatlarida (AQSh) brilliantlar narxi Rossiyadan olmos importiga rejalashtirilgan taqiq haqidagi xabar ma’lum bo‘lgandan keyin ko‘tarildi, deb yozdi The Economic Times.

Noyabr oyida qimmatbaho toshlarning haddan tashqari ko‘pligi sababli AQSh bozorida olmos narxi 35% arzonlashdi. Biroq, 2024-yildan boshlab Rossiyadan olmos olib kirish taqiqlangani ma’lum bo‘lgach, vaziyat o‘zgardi. Olmoslar narxi dastlab avvalgi darajasiga qaytdi, keyin esa 10% oshdi.

«Qimmatbaho toshlar zahiralari deyarli kamayib ketdi. Talab va taklif nisbati yaxshilandi, bu olmos narxining oshishiga olib keldi. AQShda sotuvlar asta-sekin o‘sib borayotgan bo‘lsa-da, hanuz o‘sishda davom etmoqda «, – dedi Kiran Gems global biznes direktori Dinesh Laxani nashrda. Kiran Gems – Hindistondagi eng yirik olmos ishlab chiqaruvchisi.

Avvalroq G7 davlatlari 2024-yil 1-yanvardan boshlab Rossiyadan olmos olib kirishni taqiqlash niyatida ekanliklarini ma’lum qilgan edi.

“Kursiv» yozda Rossiya olmoslarining eksporti 20% ko’proqqa qisqargani haqida xabar bergan edi.