Tez yordamga qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha Farg‘ona viloyati yetakchilik qilmoqda

eʼlon qilindi
Yanvar-noyabr oylarida 12 mlndan ortiq qo‘ng‘iroqlar qabul qilingan
Foto: Drinkins+/www.depositphotos.com

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 11 oy davomida «103» xizmatiga respublika bo‘yicha 12,3 mln qo’ng’iroqlar qabul qilingan.

Tez yordam chaqirganlarning umumiy sonidan 817,1 ming kattalar va 310,2 ming bolalar kasalxonaga yotqizilgan.

Qo‘ng‘iroqlarning asosiy qismi Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan – 1,3 mln qo‘ng‘iroq. Ikkinchi o‘rinda Andijon viloyati va Toshkent shahri joylashgan bo‘lib, har biriga 1,2 tadan chaqiruv to‘g‘ri keladi. Uchinchi o‘rinda Toshkent viloyati va Namangan viloyatlari joylashgan bo‘lib, har biriga 1,1 mln murojaat qilingan.

Eng kam murojaat qilganlar Navoiy (380,9 ming), Sirdaryo (451,2 ming) va Jizzax (499 ming) viloyatlarida.

Eslatib o‘tish lozim, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga 11,7 mln murojaat kelib tushgan.

Avvalroq, «Kursiv» Sog‘liqni saqlash vazirligi yuzdan ortiq yangi Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinasi olganini haqida xabar bergan edi.

Shuningdek