Toshkent viloyati aholisining murojaatlarini yig‘ish bo‘yicha maxsus shtab ochildi

eʼlon qilindi
Shuningdek, call-markazi ham ishga tushdi
Foto: Unsplash

Poytaxt viloyati aholisining muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha maxsus shtab ish boshladi, deb xabar qildi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Shtab Milliy gvardiya qo’mondoni rahbarligida ishlaydi. Uning ishida boshqa vazirliklar vakillari ham ishtirok etmoqda.

Viloyat aholisi muammolari haqida call-markazga (1055) yoki quyidagi telefon raqamlariga xabar berishlari mumkin:

Uy-joy kommunal sohalarda +998 55 901 41 17;

Issiqlik manbai bo‘yicha +998 55 901 41 27;

Elektr energiyasi bo‘yicha +998 55 901 41 18;

Gaz taʼminoti bo‘yicha +998 55 901 41 07;

Suv ta’minoti bo‘yicha +998 70 202 51 24

Aholining murojaatlari Telegram messenjer guruhida ham qabul qilinadi.

Avvalroq, «Kursiv» Veolia Energy Tashkent call-markazini ishga tushirgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek