Toshkentda Chevrolet Malibu’dan 300 million “Tropikamid” va “Regapen” vositalari topildi

eʼlon qilindi
Ular o'rindiqlar ostida va yukxonada yashirilgan bo‘lgan
Foto: Piqsels

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida «Chevrolet Malibu» rusumli avtomashina haydovchisi qo‘lga olindi. Uning mashinasidan 300 million so‘mlik kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari topildi, deb xabar berdi «O‘zfarmkontrol» matbuot xizmati.

Maʼlumotlariga ko‘ra, avtomobilda 3,2 ming oʻramdan ortiq «Tropikamid» va «Regapen» preparatlari boʻlgan. Giyohvand moddalar avtomobil o‘rindiqlari ostiga va yukxonaga yashirilgan.

Tropikamid oftalmologiyada qo’llaniladi. Biroq, giyohvandlar uni boshqa narkotiklarning ta’sirini kuchaytirish uchun ishlatishadi.

«Regapen» antikonvulsant dori bo’lib, kuchli qaramlikga olib keladi.

Avvalroq, «Kursiv» Ramses Shakurov Toshkentda giyohvand moddalar savdosida gumonlanib qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek