Yangi yil oldidan Toshkentdan to‘rtta shaharga qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Bundan tashqari, avvalroq talabalar uchun 50% chegirma e'lon qilingan edi
Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari»

Yangi yil bayrami arafasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Toshkentdan O‘zbekiston Respublikasining to‘rt shahriga qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘yadi.


Poytaxtdan Urganch, Nukus, Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, ushbu poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar qo‘shiladi.

O‘quvchilarga poyezd chiptalariga 50% chegirma berilgani avvalroq, xabar qilingan edi. Natijada universitet talabalari kuniga mingga yaqin chiptani elektron tarzda xarid qilishdi.

Avvalroq, «Kursiv» 8-10-dekabr kunlari Konstitutsiya kuni nishonlanishi munosabati bilan poytaxt va Samarqand oʻrtasida qoʻshimcha «Afrosiyob» poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan, deb xabar bergan edi.

Shuningdek