Yomon ob-havo endi samolyotlarning Farg‘onaga qo‘nishiga to‘sqinlik qilmaydi

eʼlon qilindi
Aeroportda ILS/DME tizimi yangilandi
Foto: Uzbekistan Airports

Farg‘ona aeroportida samolyotlar uchun ILS/DME yaqinlashish tizimi modernizatsiya qilindi. Endi samolyotlar noqulay ob-havo sharoitida O‘zbekistonning ushbu shahriga qo‘na oladi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.

Ish bir kun oldin yakunlandi. Modernizatsiya qilingan tizimning ishlashi laboratoriya samolyoti yordamida sinovdan o‘tkazildi va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti ICAO aviatsiya qoidalariga qanchalik mos kelishini aniqlandi.

Uzbekistan Airports ta’kidlashicha, tizim «murakkab meteorologik sharoitlarda havo kemalarining qo‘nishini va aerodrom hududida parvozlar xavfsizligini ta’minlaydi».

«Kursiv»ning yozishicha, dekabr oyida Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroporti yopilishi haqidagi ma’lumotni rad etgan.

Shuningdek