“Afrosiyob” poyezdlarida 7 million yo’lovchi tashildi
eʼlon qilindi
O'tgan 12 yil ichida
«Afrosiyob» tezyurar poyezdlari ishga tushirilganidan buyon 12 yil davomida ular yordamida 7 million yo‘lovchi tashildi, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.
Ushbu yutuq munosabati bilan «Toshkent-Markaziy» vokzalida 770-sonli poyezd yo‘lovchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
«Afrosiyob» O‘zbekistonda 2011-yilda ishga tushirilgan. Tezyurar poyezdlar Ispaniyaning Patentes Talgo S.L. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonda temir yo‘l orqali 7,4 milliondan ortiq yo‘lovchi tashilgani haqida yozgan edi.