O‘zbekistonda gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga yangi cheklovlar joriy etildi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Cheklov poytaxt va ayrim viloyatlarda amal qiladi
Foto: Timur Jonizoqov. Suratda Toshkentdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida mashinalar navbati aks etgan

Maishiy iste’molchilarning ishida uzilishlar oldini olish maqsadida bugundan poytaxtimiz, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatiga qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.

Ayni paytda 1179 ta gaz quyish shoxobchasining 547 tasi belgilangan jadval asosida ishlamoqda.

«Hududgazta’minot» fuqarolardan gaz uskunasidan faqat asosiy ehtiyojlar uchun foydalanishni, iloji bo‘lsa, uydan chiqayotganda isitish moslamalarini o‘chirishni so‘raydi.

Avvalroq, «Kursiv» 12-dekabrdan O‘zbekistonda gaz quyish shoxobchalari soat 6:00 dan 12:00 gacha ishlay boshlashini yozgan edi.

Shuningdek