O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarga zarar yetkazganlik uchun jarimalar o‘n baravar oshirildi
Oʻzbekiston hukumati Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklarga zarar yetkazganlik uchun jazoni kuchaytirdi, deb xabar qildi Ekologiya vazirligi.
Qizil kitob faunasiga zarar yetkazganlik uchun jarimalar o‘n baravar oshirildi. Noyob o‘simliklar uchun endi 1,3 million so‘m, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simliklar uchun 850 ming so‘m, yo‘qolib borayotgan o‘simliklar uchun 3,4 million so‘m to‘lash kerak bo‘ladi.
Shunday qilib, qor qoploniga zarar yetkazgani uchun endilikda O‘zbekiston fuqarosi 1 milliard so‘m jarimaga tortiladi. Xuddi shunday qoidabuzarlik uchun chet ellikdan 400 ming dollar undiriladi.
Qor qoploni (irbis) – mushuklar oilasiga mansub yirik yirtqich sutemizuvchilar. 2020 yil holatiga ko’ra, Markaziy va Janubiy Osiyoda bu yirtqichlarning soni 2,7 mingdan 3,4 ming gacha baholangan.
Avvalroq, «Kursiv» Qashqadaryo viloyatida Qizil kitobga kiritilgan ikki Tyan-Shan ayig‘i adashib qolgani haqida yozgan edi. Hayvonlar Hisor davlat qo‘riqxonasiga olib ketildi.