Air Samarkand aviakompaniyasi 2024-yilda parvozlarni boshlaydi

eʼlon qilindi
2023-yil noyabr oyida kompaniya ikkita samolyot sotib oldi
Foto: Air Samarkand

Air Samarkand aviatashuvchisi kelasi yil boshidan tijorat faoliyatini boshlashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Travel Tomorrow.

«Bizda “Air Samarkand» aviakompaniyasining jadal rivojlanishi boʻyicha Yevropa va Osiyoning koʻplab shaharlariga toʻgʻridan-toʻgʻri, xavfsiz va sifatli xizmat koʻrsatish boʻyicha ulkan rejamiz bor”, – dedi kompaniya bosh direktori Anton Xojayan.

Joriy yilning noyabr oyida aviatashuvchi Airbus A321 va Airbus A330-300 samolyotlarini oldi. Birinchi bosqichda charterlar, keyin esa muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Kompaniya Samarqanddan Turkiya, Vyetnam, Malayziya, Indoneziya va Xitoyga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.

Travel Tomorrow ma’lumotlariga koʻra, Air Samarkand yoʻlovchilarga barcha turdagi xizmatlarni taqdim etadi.

Eslatib oʻtamiz, «Air Samarkand» 2022-yil dekabr oyida asos solingan va bosh qarorgohi Samarqand shahrida joylashgan.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston va Bangladesh havo qatnovini tiklashi haqida e’lon qilgan edi.

Yana yangi va tezkor yangiliklar telegram kanalimizda –>

Shuningdek