Istiqbolli loyihalar milliy agentligi(ILMA) Omad sug‘urta tashkilotining litsenziyasini o‘n kunga to‘xtatib qo‘ydi.
Qaror 14-dekabr, payshanba kunidan kuchga kiradi. Agentlik ma’lumotlariga koʻra, sugʻurtalovchiga litsenziya oʻtgan yilning yozida berilgan.
Omad sugʻurta kompaniyasi Oʻzbekiston sugʻurta bozorida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya ko‘chmas mulkni sug‘urtalash, lizing ob‘ektlari va turli xil iqtisodiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.
Kompaniyaning hamkorlari orasida O‘zbekiston Milliy banki, «Asia Alliance» banki va Biznes Aziya kompaniyalar guruhi, Central Asia Medicine tibbiyot markazi bor.
Avvalroq Kursiv joriy yilning noyabr oyi boshida ILMA «Asko-Vostok» sug‘urta kompaniyasi litsenziyasini bekor qilganini haqida xabar bergan edi.